Berlin kutubxonasida Boburiylarga tegishli al'bom topildi
Berlin davlat kutubxonasi saqlanayotgan Boburiylarga oid ushbu hashamatli al'bomning bir tomonida g'azallar, ikkinchi tomonida esa miniatyuralar tushirilgan, deya xabar qilinmoqda O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazining rasmiy telegram sahifasida.
Al'bomning 25 tasi Germaniyadagi Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan bo'lsa, qolgan 100ga yaqin qismi Buyuk Britaniya, AQSh, Сhexiya hamda Eronda ekanligi ma'lum qilindi.
Amir Temurning katta o'g'li Jahongir Mirzoning muraqqasi, ya'ni rasmli al'bomi deya tarif berilayotgan 120 varaqlik noyob topilma Hindistonda 1650 yillarda chiqarilgan va keyinchalik Yevropaga olib ketilgan. Qizig'i, al'bomda Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroning g'azallari turkiy tilda yozilgan.
– Agar Boburiylar o'zini mo'g'ul deb hisoblaganda al'bom ham mo'g'ul tilida yozilgan bo'lardi. Bu esa Boburiylarni jahon tarixchilari mo'g'ullar deya atashini qayta taftish qilish kerakligini anglatadi, – deya fikr bildirgan Berlin davlat kutubxonasi Markaziy Osiyo bo'limi ilmiy xodimi Aysima Mirsultan.
Boburiylar sulolasi uch yuz yildan ortiq hukmronlik tarixiga ega bo'lsa-da, hech qachon o'z ota-bobosini, millatini, tilini unutmagan. Saroyda forscha, hindcha yoki boshqa tilda gaplashgan bo'lishi mumkin, lekin asosiy, eng jiddiy masalalar turkiy tilda hal qilingan va juda ko'plab turkiy qo'lyozmalar ko'chirilgan.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0