Valyuta UZS
  • USD

    12 413.79-52.65

  • EUR

    14 468.27-48.9

  • RUB

    154.86-0.56

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 03:00

    +22 C

  • 04:00

    +21 C

  • 05:00

    +21 C

  • 06:00

    +21 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 23-August

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 03:00

    +22 C

  • 04:00

    +21 C

  • 05:00

    +21 C

  • 06:00

    +21 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Shanba, 23

    +23 +20

  • Yakshanba, 24

    +22 +20

  • Dushanba, 25

    +19 +20

  • Seshanba, 26

    +21 +20

  • Chorshanba, 27

    +20 +20

  • Payshanba, 28

    +20 +20

  • Juma, 29

    +22 +20

  • Shanba, 30

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Besh daqiqadan keyin bombardimon boshlanadi”: AQSh prezidentining qaltis hazili

Bundan roppa-rosa 41 yil oldin dunyoda qiziq va ayni damda xavotirli voqea ro'y berdi. 1984 yil 11 avgustda Amerika Qo'shma Shtatlarining 40-prezidenti Ronal'd Reygan texniklar iltimosiga ko'ra o'z mikrofonini sinab ko'rish vaqtida Sovet Ittifoqi bilan yadroviy urush haqida hazil qildi. Tabiiyki, Moskvada bu haqiqiy tahdid sifatida qabul qilindi. O'sha kuni Reygan Kaliforniyaning Santa-Barbara shahrida Milliy jamoat radiosida qisqacha chiqish qilishga tayyorlanayotgan edi. Texniklar uskunani prezidentning ovozi darajasiga moslashtirayotgandi – bu radioda odatiy protsedura sanaladi.
Kolumnistlar
719 10:45 | 12.08.2025 10:45

O'tmishda Gollivud aktyori sifatida faoliyat olib borgan va SSSR haqida keskin bayonotlar bergan Ronal'd Reygan mikrofon orqali shunchaki “uch, ikki, bir, eshittirish boshlandi...” deyishni juda oddiy, deb qaror qildi. Prezident yig'ilganlarni hayratda qoldirish uchun o'zini mutlaqo jiddiy tarzda tutib dedi: “Mening amerikalik birodarlarim! Bugun men Rossiyani abadiy qonundan tashqari deb e'lon qilish to'g'risidagi buyruqni imzolaganimni ma'lum qilishdan mamnunman. Bombardimon besh daqiqadan so'ng boshlanadi”. Ba'zilar kulishdi, ayrimlar esa hatto ichayotgan qahvasi bilan joyida turib qoldi, lekin hazil barchani hayratda qoldirdi.


Nutq aslida quyidagi so'zlar bilan boshlanishi kerak edi:


“Mening aziz birodarlarim, men bugun diniy guruhlarga mansub o'quvchilarga uzoq vaqtdan beri mahrum bo'lgan huquqdan – boshqa talabalarga ruxsat berilganidek, maktab soatlaridan keyin davlat o'rta maktablarida yig'ilish erkinligidan foydalanishga ruxsat beruvchi farmoyishni imzolaganimni e'lon qilishdan mamnunman”.


Oradan bir necha soniya o'tgach, prezidentning talabalar huquqlari va boshqa oddiy narsalar haqidagi nutqini yozib olish boshlandi.


Albatta, mikrofon sinovi vaqtida yozib olingan ovoz ommaga e'lon qilinmasligi kerak edi - ammo kimdir lentani ommaviy axborot vositalariga uzatdi va Reyganning hazilini turli nashrlar keltira boshladi. Bu nutq masxara va potentsial juda xavfli bayonot sifatida tavsiflangan. Bu Oq uyga yoqmadi va prezidentning matbuot kotibi Larri Speyks uning asosli emasligi haqida gapirishga majbur bo'ldi.Ammo jurnalistlar bunday deb o'ylamadilar, ular bunday rezonansli voqeani shunchaki unutib yuborishmadi va shuning uchun prezidentning nayrangini muhokama qilishda davom etdilar. Ba'zilar buni kulgili deb hisoblashdi, boshqalari Reyganni SSSR bilan sovuq urush avj olgan paytdagi populizm va provokatsion xatti-harakatlari uchun tanqid qilishdi.


Masalan, CNN telekanali prezidenti Bert Reynxardt ham prezidentning hazilini maqtamadi: “Menga prezident vaqti-vaqti bilan juda ko'p hazil-mutoyibalarni aytishi haqida gapirishardi. Oxirgisi unchalik kulgili emas edi”. Natijada Ronal'd Reygan qisqa tarzda uzr so'rashga ham majbur bo'ldi.


Albatta, AQSh rahbarining sovuq hazili sovetlarning ham qulog'iga yetib bordi. Bu payt Afg'onistonda urush davom etayotgan, sovuq urushda munosabatlar taranglashgan davr edi. Vaziyat uzoq vaqtdan buyon xuddi 1961 yilgi Karib inqirozi kabi taranglikda o'zgarib turardi. 1983 yilda Reygan SSSRni “yovuz imperiya” deb atagan va “Yulduzli urushlar” dasturini e'lon qilgan edi. Shu bilan birga, Yevropaga o'rta masofaga uchuvchi ballistik raketalar va qanotli raketalar joylashtirildi. Tabiiyki, bu kommunistlarning keskin g'azabiga sabab bo'lgandi.


O'zaro asabga tegish o'yinlari dahshatli fojiaga aylandi. 1983 yil 1 sentyabrda sovet havo hujumidan mudofaa qiruvchi SU-15 246 yo'lovchi va 23 ekipaj a'zosi bo'lgan Koreya aviakompaniyasining Boeing-747 yo'lovchi samolyotini urib tushirdi. Sovet amaldorlarining sodir bo'lgan voqeani oqlashga urinishlari dunyoda dahshat va loqaydlikni keltirib chiqardi. Hodisalar shu bilan to'xtab qolmadi. 1984 yil mart oyida Yapon dengizida sovet suv osti kemasi K-314 va Amerikaning Kitty Hawk samolyot tashuvchi kemasi to'qnashdi. Dekabr oyida esa Finlyandiyaning Lappi provintsiyasiga Sobiq ittifoq qanotli raketasi qulab tushdi. Mana shunday vaziyatda Moskva Reyganning hazilini shunchaki oddiy qabul qila olmasdi.


SSSRning rasmiy munosabati qattiq bo'ldi va TASS agentligi maxsus bayonotni e'lon qildi: “TASS ma'lum qiladiki, Sovet Ittifoqi AQSh prezidentining gaplarini misli ko'rilmagan dushman hujumi sifatida e'lon qilishga vakolatli. Bunday xatti-harakatlar, ayniqsa, yadro quroliga ega bo'lgan davlatlar rahbarlarining shu kabi bayonotlari o'z xalqi taqdiri haqida qayg'urish mas'uliyatiga to'g'ri kelmaydi”.


Ba'zida Reygan bu bayonotni ommaga ataylab aytgan degan gaplar yuradi, ammo buni tasdiqlovchi dalillar yo'q. 1984 yilga kelib, xalqaro vaziyat Ikkinchi jahon urushidan keyin keskinlikning cho'qqisiga chiqdi va AQShda noyabr oyida saylovlar o'tishi kutilayotgandi. Albatta, Reygan unga nomzodini qo'ygan va qaltis hazildan o'z reytingini ko'tarish uchun foydalangan bo'lishi mumkin. AQSh xalqi sovetlar bilan yadroviy mojaro kelib chiqishi haqida tinimsiz o'ylar va Reyganning gaplari uni bir qadar qat'iyatli rahbar sifatida ko'rsatgan bo'lishi mumkin.


Rossiyalik jurnalist Mixail Rostovskiy shunday deb eslaydi: “Sovet propagandasi Amerika rahbarining bu hazilidan maksimal darajada foydalandi. Men o'shanda birinchi sinf edim, kattalar ertaga yadroviy urush boshlanishi haqida gapirganda, tanamni dahshatli hislar qamrab oldi. Ko'pchilik bunday fojia sodir bo'lishiga ishonib qolgandi”.


Lekin, insoniyat baxtiga bunday voqea sodir bo'lmadi. Ayrim tarixchilarga ko'ra, bu SSSRning katta inqirozga kirib borayotgani bilan bog'liq edi. Bu keskinlik sovet armiyasining Afg'onistonga kirishi natijasida yuzaga kelgandi. Orada Brejnev davri tugab, ikki yilda ikki rahbar almashdi. 1984 yilda hokimiyatda bo'lgan Konstantin Сhernenko esa aksariyat vaqtini shifoxonada o'tkazgan. Bunday vaziyatda keskin qaror qabul qilish sovet davlati uchun juda halokatli bo'lishi mumkin edi. Ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar 80-yillar oxiriga kelib, Gorbachyov tomonidan ochiqlik va demokratiya e'lon qilingandan so'ng iziga tusha boshladi.


Aytgancha, bu Reygan mikrofonni sinab ko'rish paytida birinchi marta qilgan hazili emas edi. AQSh prezidenti ikki yil avval ham “qovun tushirgandi”. 1982 yil 9 oktyabrda u o'z murojaatida u o'sha paytdagi Polsha hukumatini “harbiy diktatura, bir to'da qonunbuzarlar, dovdirlar...” deya atagandi. Ammo baribir bu hatti-harakatlar Reyganning zarariga emas, foydasiga ishladi. Yadroviy urush haqidagi bayonotdan so'ng uning reytingi sezilarli ravishda ko'tarildi. 1984 yil 6 noyabrdagi saylovlarda Reygan raqibi Uolter Mondeylni tom ma'noda yanchib tashladi (umumiy 538 ovozdan 525 tasini qo'lga kiritdi).

Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 1683 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 1743 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar