Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+7C

+7C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+7c

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+7C

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • Chorshanba, 27

    +7 +20

  • Payshanba, 28

    +10 +20

  • Juma, 29

    +8 +20

  • Shanba, 30

    +6 +20

  • Yakshanba, 01

    +4 +20

  • Dushanba, 02

    +4 +20

  • Seshanba, 03

    +3 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bizni asragin, ona tabiat!

Bugunga kelib yer yuzida, bir necha yuz milliard tonna chiqindi yig'ilib qolgan. Bundan bir necha o'n milliard tonnasi o'ta zaharlidir. Undan tashqari 100 millionlab tonna zaharli gaz, chang va tutun havoga aralashib muallaq turadi, ko'zga ko'rinmaydi. Shunday havodan biz nafas olamiz. Ushbu holat nafaqat inson, balki butun mavjudot sog'lig'iga ta'sir o'tkazmasdan qolmaydi. Erda hayot paydo bo'lgandan beri deyarli o'zgarmay qolayotgan atmosferaning tarkibiy qismlari qachongacha bunday hunrezlikka bardosh bera olarkan?
Kolumnistlar
653 20:42 | 14.09.2024 20:42

Biz uni asrasak, u bizni asraydi. Bu barcha insonlar eshitishi, tushunishi, amal qilishi zarur bo'lgan, e'tiborga molik gap. Biroq, bu so'zlarni “shunchaki” aytib qo'yamiz. Ona tabiatni asrash haqida “quruq so'z”lardan iborat “kuchsiz” hitoblarni hissizgina tinglaymiz va qo'l siltaymiz. Ammo, bugungi ekologik holat bizni amaliy harakatlarni ko'paytirishga undashi kerak.


Menga qolsa ekologik holatni, madaniyatni suv bilan o'lchar, suv holatiga qarab aniqlar edim. Tog'dagi muzlik va qorlardan boshlab irmoqlar, daryoyu kanallar orqali to dalagacha yetib kelgan suv, zovur – zahkashlardagi suvga qarab shu atrofda yashayotgan insonlarning madaniyati, saviyasi, tafakkuri, kerak bo'lsa o'tmish, kelajagi haqida xulosa qilsa bo'ladi. Suvsiz hayot yo'qligini hamma biladi. Lekin suvni asrash, toza saqlash to'g'risida afsuski, hammayam bosh qotiravermaydi. Biroq barcha odam toza suv ichishni xohlaydi.


Hayot suv bilan boshlangan, undan rivojlangan. Olimlarning fikriga ko'ra, 500 million yil ilgari suv o'simliklari bo'lgan, xolos. 400 million yil ilgari quruqlikda ham o'simliklar paydo bo'la boshlagan. 135 million yillardan beri gullaydigan o'simliklar, daraxtlar rivojlanib kelgan.


Er yuzida hozirda bir necha million xil tirik mavjudot bo'lsa, ularni ikkiga bo'lish mumkin: o'simlik va hayvonot olami. Shu mavjudotlarning birontasi ham suvsiz, nursiz, ozuqasiz yashay olmaydi. Bu tirik organizmlar o'ziga tortib olib, singdirib oziqlanayotgan narsalar me'yor darajasida bo'lmasa, ular yo'q bo'lib ketish xavfiga tushadi. Shu paytgacha yer yuzida yuz minglab turli-tuman o'simlik va hayvonot olami vakillari yashab, keyin butunlay qirilib yo'q bo'lib ketgan. Albatta, bularning asosiy sababi tabiiy jarayon yoki iqlim o'zgarishi, ofatlar bilan bog'liq bo'lgan. Biroq, oxirgi 100 yilda fan va texnika, sanoatning jadal rivojlanishi, e'tibor kamligi oqibatida ekologik holat keskin sur'atda buzilib bormoqda. Oxir oqibat o'simlik hamda hayvonot olamining ko'pgina vakillari qirilib ketayotgani, natijada yerdagi hayotning falokat yoqasiga keskin yaqinlashib borayotganiga faqatgina inson faoliyati sabab bo'lmoqda.


Afsus...


Er ham tirik mavjudot. U ham sezadi, sevadi, qadrlaydi, kerak bo'lsa, jazolaydi. Alloh taolo yashash uchun bizga makon qilib bergan uni. Bu zaminda hayot davom etishi uchun na kamchilik, na ortiqchalik qildirmagan. Bu holatni bizning tanamiz, organizmimizga qiyoslashi mumkin.


Inson yer yuzasidan uzoqda hayot kechira olmaydi. Сhunki uning makoni – uyi, yeridir. Yerni o'rab turuvchi atmosfera qatlamlari bor, u o'z pardasi azon qatlamiga ega. Men bu pardani bolaning ona qornida o'ralib turgan pardasi bilan qiyoslayman. Bu parda nosog'lom ekan, ya'ni teshik va yirtilgan joylari ko'p ekan, oqibat yerga jamiki mavjudotga, qisqasi, hayotga tuzatib bo'lmas shikast yetadi. Yerni o'rab turgan atmosfera qatlamlari, uning qobig'i, qa'riga joylashgan turli elementlar, moddalar zaminimiz hayoti uchun zarurdir. O'xshash elementlar yuz minglab yillar mobaynida bir-biriga tortishib, yaqinlashib, intilib, ma'lum joylarda to'planib qolishgan. Bular biz bilgan neft, gaz, oltin, turli toshlar, ma'dan ham rudalar, o'simliklar, jonzotlar, suv va havodir. Insondan boshqa bironta maxluqot yo'qki har qanday sharoitga moslashish imkoniyati yuksak bo'lsa.


Erda hayot paydo bo'lgandan beri bir necha o'n minglab jonzot va o'simlik turlari yashab keyin yo'q bo'lib ketishgan. Tabiiy holatda bunday jarayon yuzlab, minglab yillar mobaynida yuz beradi. Biroq bu holat bizning davrimizga kelib haddan tashqari tez yuz bermoqda. Olloh Taolo yaratgan nimaiki bo'lsa, uning notabiiy yo'qolishiga faqat inson sababchidir. Tangri yaratgan nimaiki bo'lmasin bu inson uchun, uning sog'-salomatligi, yayrab yashashi uchun ekanligini hech qachon unutmasligimiz shart, shukr qilishimiz kerak va ularni asrab-avaylash bizning burchimizdir.


Erdan atigi 6-7 km. uzoqlikda ham inson yashay olmaydi. Yer – bu cheksiz qorong'u va dahshatlarga to'la koinot. Alloh biz uchun yaratib bergan oshyon, uyimizdir. Alloh bironta ham mavjudotni, xoh u jonivor, xoh o'simlik yoki boshqa unsur bo'lsin, kamchilik yoki ortiqchalik bilan yaratmagan. Har bir narsa o'ziga xos mukammal qilib yaratilgan va o'z o'rniga ega.


Atmosferaning 78 foizi azotdan, 21 foizi kislorod va qolgan 1 foizi boshqa gazlardan iborat. Bu tarkibning atigi 0,1 foizga o'zgarishi ham falokatga olib keladi.


Inshaalloh, insonning iymon-e'tiqodi butun bo'lib, barcha ilmi, faoliyati to'g'ri yo'naltirilgan bo'lsa-yu, sabr-toqatli, qanoatli bo'lsa, bunday falokatdan o'zi bizni asragay.


O'ktam KARIMOV,
shifokor, tabib.
Xorazm viloyati


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

1

0

0

0

0

Qoldirilgan izohlar (1)

Botir

16:53 | 04.10.2024

Yahshi zor

Maqolaga baho bering
0/5

1

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 804 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 902 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar