Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+7C

+7C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+7c

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+7C

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • Chorshanba, 27

    +7 +20

  • Payshanba, 28

    +10 +20

  • Juma, 29

    +8 +20

  • Shanba, 30

    +6 +20

  • Yakshanba, 01

    +4 +20

  • Dushanba, 02

    +4 +20

  • Seshanba, 03

    +3 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Hisobot uchun o'tkazilayotgan tadbirlardan kimga qanday naf?

Yaqinda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi 2024 yilning yanvar'-sentyabr' oylarida amalga oshirgan ishlari xususida hisobot berdi. Mutasaddilar keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda inqilobiy ishlar olib borilgan. Ammo... Mayli bu haqda sal keyinroq.
Kolumnistlar
364 17:39 | 19.09.2024 17:39

Hozir o'sha hisobotdan ayrim iqtiboslarni keltirsak:


O'tgan davr mobaynida Markaz o'z faoliyatining 40 foizini raqamli targ'ibotga, 30 foizini metodik ta'minotga hamda 30 foizini an'anaviy targ'ibot ishlariga qaratgan. Aynan raqamli targ'ibotni kuchaytirish va milliy kontentlar tayyorlash maqsadida Markaz huzurida Raqamli targ'ibot laboratoriyasi hamda “Jalinga” interaktiv studiyasi ochildi. Shuningdek, respublika bo'yicha ma'naviy-ma'rifiy ishlar bilan shug'ullanuvchi 31 ming 566 nafar ma'naviyat sohasi vakillari tarkibi shakllantirildi.


Markazning 14 ta hududiy bo'lim hamda 208 ta tuman shahar bo'linma rahbar va xodimlari va ma'naviyat targ'ibotchilari tomonidan 10 ming 284 ta umumta'lim maktabida “Biz bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” o'quvlari tashkil etildi.


Haj” ziyoratida ishtirok etib qaytgan 15 000 nafar hojilar bilan birgalikda ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbirlarini tashkil etish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Bugungi kunda ular “Ma'rifat” targ'ibotchilar jamiyati a'zoligiga qabul qilinib, hojilarimizdan iborat “Yangi O'zbekiston fidoyisi” targ'ibot guruhlari tashkil etildi.


14 ta hududda “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”, “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo'shiq”, “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she'r” hamda “Eng yosh ma'naviyatchi-2024” respublika tanlovlarining viloyat bosqichlari o'tkazildi (ushbu tanlovlarda 1 ming 656 nafar Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik-idoralar harbiy xizmatchilari hamda 18 va undan yuqori yoshdagi havaskor va professional ijodkorlar qatnashdi).


Harbiy o'quv yurtlari, “Temurbeklar maktabi”, “Jaloliddin Manguberdi” akademik litseyi, umumta'lim maktablaridagi “Vatan tayanchi” dasturi o'quvchilari hamda muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan oddiy askarlar uchun o'quv-qo'llanma sifatida 3 000 nusxada “Men ham harbiy bo'laman” kitob-al'bomi chop etildi…"


Xullas, targ'ibot, o'quv-seminar, tadbir va hokazo...


Hisobotni to'liq keltirishni lozim topmadik. Bunga hojat ham yo'q. Hammasi “ma'naviyat tadbirlari” va “ma'rifat soatlari”...


Qizig'i, mutasaddilar mana shu tadbirlarni jamiyatning sog'lom qatlami orasida tashkil etmoqda. Masalan, qat'iy tartib-intizomga asosalangan harbiy o'quv muassasalari va shunga o'xshash tashkilotlarda vatanparvarlik ruhidagi anjumanlarni tashkil etishga hojat bormikan? Har holda bu joylarda shusiz ham vatanpavralikka yetarlicha ahamiyat qaratiladi.


Yoki mahallalarda uyushtirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy soatlardan o'sha hududdagi aholiga biron bir foyda bormikan? Bu yo'sin tadbirlar yo'lini yo'qotib, jazoga tortilganlar yoki tafakkuri, dunyoqarashi salbiy tomonga o'zgargan toifa orasida o'tkazilsa, maqsadga muvofiq bo'lmaydimi?


Bugun jamiyatning ma'lum qatlami tobora o'z o'zanidan chiqib, tubanlashib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarga umuman qarab bo'lmay qoldi, ular fahshga to'lib-toshdi. Har qanday buzuq o'ziga mos kanalni topadi va o'ziga hamfikrlar orasiga sho'ng'ib ketadi. Buni hamma ko'radi, biladi, lekin qarshi chora haqida hech gap yo'q.


Hammaning e'tiborini qaratayotgan ayrim blogerlaru vaynerlarga uyat, degan tuyg'u butunlay begona. Telegramm kanallarda tarqatilayotgan videolar odamlarni og'irning ustidan yengilning ostidan o'tishga o'rgatib qo'ymoqda. Oynayi jahon orqali efirga berilayotgan ko'rsatuvlar, tok-shoular ham havas qilgudek emas. Ayniqsa, milliy seriallarni oila davrasida ko'rishning sira iloji yo'q. Bularning salbiy ta'sirini esa allaqachon ko'ryapmiz.


Masalan, bugunning odami bundan nari borsa, yigirma yil ilgarigi qavmdoshidan xiyla farqlanadi: ancha xudbin, befarq, serjahl, qobig'iga o'ralgan va o'ta asabiy. Insoniyat fe'lidagi bu global evrilish oila, turish-turmushlarimizga ham ta'sir qilayotganini bugun sezmaslikning iloji yo'q.


Ota-onaning bola tarbiyasiga, bolalarning ota-onaga e'tibori susayganday. Hammamiz qalblarimizdagi nekbinlik, shirin orzu-umidlar, romantizmni, ruhiy erkinlikni telefonlarga boy bergandaymiz. Axborot manipulatsiyasi butun raiyatni o'z izmiga solib, allaqayoqqa olib ketayotganday. Bir paytlardagi kitob o'qish, gazeta varaqlash kabi kundalik mashg'ulotlar tobora zavqsiz, mashaqqatli bir yumushga aylanib qolayotganday... “Diydor g'animat”, degan hayotiy o'gitlarning umri oyoqlab, hatto, olis qishloqdagi ota-ona bilan munosabatlarning ham virtual formati kun sayin normal qadriyatga aylanib borayotganday...


Nega shunday bo'layotir? Nega bunchalar tez o'zgardik? Kechagi mehr-oqibat, insof-diyonat, degan tushunchalar qayoqqa yo'qoldi? Buning sababi nimada? “Ma'naviyat posbonlari”imiz nima uchun mana shu muammolar borasida bosh qotirmaydi? Amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqmaydi yoki bunga qarshi kurashmaydi. Axir, bu ularning bevosita vazifasiga kiradi-ku! Ular qachongacha tadbirbozlik va arzon-garov piarlar bilan odamlarni ovutib yurishmoqchi?


Umuman, quruq hisobot uchun o'tkazilayotgan balandparvoz tadbirlardan kimga nima naf? Jamiyatdagi hamma illatlar barham topib, olam – guliston bo'lib ketgan bo'lsaki, shoiru yozuvchilar, otarchiyu blogerlarni vagon-vagon qilib, u hududdan bu hududga yetaklab, tomosha uyushtirib yurishdan ortmasak...


Darvoqe, kamina bir vaqtlar Markazning hozirgi rahbaridan dars olgan. O'sha kezlarda uning dunyoqarashi, shaxsiyati, bilim va tajribasi mendek go'l tolibi ilmni hayratlantirgani rost. Ayni bilim va tajribasi sabab ushbu dargohga kelgunga qadar mas'uliyatli vazifalarda ishladi. O'zining keskin va o'tkir fikrlari bilan ko'pchilikning hurmatini qozongani ham haqiqat. Balki shu bois Otabek Hasanovdan ko'p umidvor, “hali yosh, miyasi zaharlanmagan, avvalgi ma'naviyatchilarning yo'lini tutmaydi, bunaqa yengil-elpi ishlarning zamoni o'tganligini tushunadi, soliqchilarning pulini tiyinma-tiyin joy-joyida ishlatadi”, degan yaxshi gumonda bo'lgandik. Lekin umidlarimiz sarob bo'lib chiqqanga o'xshaydi. Yangi ma'naviy yetakchimiz ham avvalgi “klassik rahbar”larning “shonli yo'li”ni mahkam tutgandek. Aks holda, kela solib, bitta sayt ochish uchun yuzlab million so'mlik tender uyushtirmagan, buning ortidan jamoatchilikning haqli e'tirozlariga yo'liqmagan bo'larmidi...


Qisqasi, rahbariyat o'zgaribdi-yu, qarashlar o'zgarmabdi. Hammasi eski hammom, eski tosligicha qolibdi.


Bu yoqda esa jamiyatni, odamlarni birlashtiradigan mafkura yoki g'oya haligacha shakllantirilmadi. Bu haqda gap ketsa, hali-hamon eskicha ish tutishdan nariga o'tmayapmiz – “qonimizda g'alaba”, deya millionlab pulga klip oldirib, lo'killab, yugurib yuribmiz.


Bizningcha, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi arzon piar va boshqa havoyi ishlarni yig'ishtirib, eng avvalo, jiddiy muammolar, xususan, milliy g'oya va mafkura haqida astoydil bosh qotirishi kerak. Bizga hozir shundan foyda. Shunchaki hisobot uchun o'tkazilayotgan targ'ibot tadbirlari esa faqat zararimizga ishlaydi, xolos!


G'ulomjon MIRAHMEDOV
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 804 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 902 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar