Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+7C

+7C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+7c

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+7C

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • Chorshanba, 27

    +7 +20

  • Payshanba, 28

    +10 +20

  • Juma, 29

    +8 +20

  • Shanba, 30

    +6 +20

  • Yakshanba, 01

    +4 +20

  • Dushanba, 02

    +4 +20

  • Seshanba, 03

    +3 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbek bolasining qadri bormi?

– Taqsir, bir piyola choy bersangiz. – Yosh bolaga choy ichishni kim qo'yibdi, ana ariq to'la suv, ichaver. G'afur G'ulom o'zining “Shum bola” asarida o'sha davrdagi bolalarga munosabatni ochiq ko'rsatib bergan.
Kolumnistlar
588 17:44 | 24.08.2024 17:44


Aynan asardagi kichik epizodlar bolalarning fikri tinglanmasligi, istak-xohishlari inobatga olinmasligi, qolgan-qutganlar doim bolalarniki bo'lishi, doim ular ayblanishini ifodalaydi. Bir necha yil ilgari yozilgan bu asardagi haqiqatlar hozirga kelib jiddiylashmoqda. Qanchalik achchiq bo'lmasin, xalqimiz faqat non qadri haqida ko'p gapiradi va bunga amal qiladi. Yeguliklar uvog'ini ko'ziga surtib isrof qilmaydi uning uvolidan qo'rqadi.


Ammo o'zbek segmentida bola qadri tushunchasi ham bormi? Aslida, o'zbek jamiyatida bolalar qanday ulg'ayyapti?


Afsuski, Inson qadri baralla kuylanayotgan bir paytda, qanchadan-qancha go'daklar qotillik qurboni bo'lyapti. Bog'cha bolalarining birvarakayiga doridan zaharlanishi, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan jinsiy taziyq, zo'ravonlik, yo'l harakatidagi avtohalokatlar, oilaviy mojarolar sabab o'lim sonlari tabiiy o'lim ko'rsatkichlariga tenglashmoqda. Bog'chada bolani o'larday kaltaklayotgan tarbiyachi bolaga umuman begona bo'lishi mumkin, ammo onalar yuragining bir parchasini suvda cho'ktirishi, yoqib yuborishi, boshqa odamga bemalol sotib pullashi odatiy holatga aylanib boryapti.


Bunga kun ora internetda aylanadigan xabarlar misol bo'ladi.


“Bola dumalab-dumalab o'zi katta bo'ladi” tushunchasida farzand atalmish ne'mat dunyoga keladi. Ona hali sutdan chiqmagan go'dagini enagalik qiladigan hali o'zi ham bola bo'lgan katta qizining qo'liga tutqazib, dalaga ketadi yo bozorga. Bola opa-akalariga qo'shilib o'zi katta bo'ladi. Tarbiyani mahalladagi yetti qo'shnisidan o'rganadi. Ota-ona berishi kerak bo'lgan mehr, ishonch, ruhiy dalda, do'stlik tuyg'ulari o'rni esa, bo'sh qolaveradi.


Fotojurnalist Dilruh Isomiddinova o'z Instagram sahifasida onalarga shunday murojaat qiladi: Bir narsani tushunishimiz kerak. Alloh aynan bizni tanlab, farzand berdi. Bu ne'mat. Lekin unga be'etibor bo'lib, dunyo ishlariga o'ralashish insofdan emas. Siz savod chiqarish uchun maktabda tahsil olasiz. Dunyoni tanish uchun til o'rganasiz, kitob o'qiysiz. Ilmga bag'ishlanmoqchi bo'lsangiz, undan yuqori darajalar uchun harakat qilasiz. Lekin nega sizga berilgan farzandni to'g'ri ulg'aytirish, axloqini pok qilib tarbiyalash uchun o'qimasligingiz, harakat qilmasligingiz, izlanmasligingiz kerak? Nega bunchalik yengil qaraysiz?..


Siz ulg'aytiradigan farzand ertaga kasalmand bo'lsa, “vaqtida nega muntazam tibbiy ko'rikka olib bormagansiz, nega emlatmagansiz, nega dorilarni o'ylamay bergansiz, nega uzum donasidek keladigan oshqozonimga non, shakar, tuz, sun'iy va og'ir ovqatlar tiqqansiz, sizni deb shu ahvolga keldim” deb malomat qilishidan qo'rqmaysizmi? Xo'p shunaqa demasa ham, sizni deb butun umri, fikru hayoli, puli sog'lig'ini tiklashga sarflashini o'ylamaysizmi? Axir Xudo uni sizga berdi-ku omonat qilib, nega omonatga xiyonat qilasiz?


Shveytsariya davlatida bolalarning jamiyatdagi o'rni shu qadar balandki, u istagan joyida xarxasha qilishi mumkin, bundan hech kim bezovtalanmaydi va bolani tarbiyasizlikda ayblamaydi. Yevropaning ko'p davlatlarida ota-ona tomonidan taziyqqa uchragan bolalarni davlat o'z qaramog'iga olib qo'yadi. Ammo bu holat ko'p ham kuzatilavermaydi.


Mehr berilmagan, farzandiga bir kun ham vaqt ajratmagan, vazifasi faqat moliyaviy ta'minlash va uyli-joyli qilish deb o'ylaydigan ota-onalar farzandi ulg'aygach, unga yaxshi kasb egasi, qolaversa jamiyatga foydali bir shaxs bo'lishlik talabini qo'yadi. Biroq farzand tarbiyasida ruhiy holati bilan shug'ullanmagan, ilm olishi uchun sarmoya kiritmagan, bolani qadrlay olmaganlarning talablari bajarilmaydi, afsuski.


Yillar o'tib, 5 yoshligidagi urush-janjal, qo'shnining bolasiga solishtirilgani, gapirmoqchi bo'lganida og'zi yopilgani, eng zarracha nohaqliklar ham unga ruhiy og'riq beradi. Ammo hamma ota-onalar ham buni bilishmaydi yoki anglab yetavermaydi.


Diyora Ravshanova,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 804 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 902 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar