Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+7C

+7C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+7c

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+7C

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • Chorshanba, 27

    +7 +20

  • Payshanba, 28

    +10 +20

  • Juma, 29

    +8 +20

  • Shanba, 30

    +6 +20

  • Yakshanba, 01

    +4 +20

  • Dushanba, 02

    +4 +20

  • Seshanba, 03

    +3 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Qonunni pisand qilmayotganlar yoxud Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi davlat siyosatiga qarshimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrda e'lon qilingan «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida»gi 638-sonli qarori bilan maktablarda inklyuziv ta'lim va boshlang'ich tayanch korrektsion sinflar faoliyatini yo'lga qo'yish hamda o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish belgilangan.
Kolumnistlar
893 11:31 | 14.09.2024 11:31

Ushbu qaror Prezidentning 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi» hamda «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaror ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan.


Inklyuziv ta'lim – alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun teng imkoniyatlarni ta'minlagan holda beriladigan ta'lim;


Inklyuziv ta'lim sinfi – maktabdagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning boshqa (sog'lom) o'quvchilar bilan teng huquqli va birgalikdagi ta'lim olishlari shaklida tashkil etilgan sinf;


Inklyuziv ta'limning maqsadi – alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan o'quvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qo'llash orqali to'siqsiz moslashtirilgan ta'lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda to'laqonli uyg'unlashuviga xizmat qiladigan sifatli umumiy o'rta ta'lim berishni ta'minlashdan iborat.


Mazkur yo'nalish bo'yicha tahsil ko'radigan bolalar yetti yoshga to'ladigan yilda qabul qilinadi. Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'lim olish huquqini ta'minlash maqsadida umumta'lim maktablari uchun belgilangan yosh me'yoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ham ruxsat etiladi.


Ularni inklyuziv ta'lim sinflari va boshlang'ich tayanch korrektsion sinflarga qabul qilish hamda chiqarish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etilgan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko'ra, ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi. Komissiya yo'llanmasi o'quvchilarni inklyuziv ta'lim va boshlang'ich tayanch korrektsion sinflarga qabul qilinishiga asos hisoblanadi.


Qisqasi, maktablarda inklyuziv ta'lim sinflari tashkil etishdan ko'zlangan maqsad ezgu va xayrli. Bu bo'yicha ishlab chiqilgan va tatbiq etilgan normativ hujjatlarda hammasi bekamu ko'st, risoladagidek. Ammo amaliyotda bu jarayon ko'pam tasdig'ini topmayotgani achinarli. Muammo ham shunda, aslida. Ayni vaqtda ko'plab ota-onalar shu masalada maktablar ostonasida sarg'ayib yurishgani so'zimiz isboti.


«Ishonch» tahririyatiga murojaat yo'llagan yunusobodlik Ziyoda Mahmudovani ham ayni kezda ushbu masala o'ylantirmoqda.


O'zining aytishicha, taqdir uning boshiga ko'p sinovlarni solgan. O'g'li Mahmud Toirovning nogironligi bor. Shuning uchun uni o'zlari yashovchi tumandagi 288-maktabga joylash maqsadida ko'p joylarga bosh urib boribdi. Lekin bundan hozircha ijobiy natija chiqmayotgan ekan.


– 2011 yil ota-onamning amri ila turmushga chiqdim, – deydi Ziyoda Mahmudova. – Sobiq umr yo'ldoshim bilan sovchi orqali tanishganmiz. Xo'jayinim «ichimdagini top», deydiganlar xilidan edi. Menga unchalik e'tibor bermasdi. Sal narsaga jerkib berardi. Xullas, shu zaylda to'rt yil o'tdi. Shundan so'ng qiz farzandli bo'ldik. 2017 yil o'g'lim tug'ildi.


Oradan bir yil o'tib, bolalarimning otasi ishdan bo'shatildi. Oiladagi kelishmovchilik, ruhiy zo'riqishlar kuchaygandan-kuchaydi. Meni hech qanday sababsiz do'pposlaydigan, hatto, bolalarimga qo'l ko'taradigan odat chiqardi. Bizni uydan tashqariga chiqarmasdi. Ro'zg'orimizni qaynonam butlab berardi.


O'zim azoblanganimga unchalik kuymayman. Lekin, buning ortidan o'g'lim nogiron tug'ilganiga o'zimni ham, turmush o'rtog'imni ham kechirolmayman. Boshida Mahmudjon nuqson bilan tug'ilganini sezmaganman. Tibbiy ko'rikka ko'pincha qaynonam olib chiqardi. Tashqi rivojlanishi joyida bo'lgani bilan aqlan o'sishi ortda qolgan ekan. Ikki yarim yoshga yetgach, unga nogironlik tayinlandi.


Turmush o'rtog'imning bizga munosabati tobora yomonlashgani tufayli 2019 yil ota uyimga qaytib keldim. Ajrashishga ariza berdim. Yugur-yuugur, chop-choplar bilan 2021 yilda arang ajrashdim. Bu orada menga uch marotaba himoya orderi berildi. «Ayollar daftari»ga ro'yxatga olishdi. Hozir tumanimizdagi shifoxonada hamshira bo'lib ishlayman.


Z.Mahmudovaning farzandi yetti yoshga to'lgunga qadar maxsus bolalar bog'chasiga qatnagan. Maktabga chiqadigan vaqti normativ hujjatlarda belgilanganidek, tegishli muassasadan tibbiy ko'rikdan o'tgan. Xususan, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga binoan, uning o'g'li inklyuziv sinfga chiqishi tayinlangan.


Aytishicha, barcha hujjatlarni taxt qilib, farzandini Yunusobod tumanidagi 288-maktabga olib borgan. Сhunki tartibga ko'ra, bola o'z hududidagi ta'lim maskaniga qabul qilinishi kerak edi. Lekin maktab direktori har xil bahonalar bilan Mahmud Toirovni qabul qilishdan bosh tortgan. Ayni vaqtda ayol bolasini maktabga joylolmay halak.


– Boshida o'g'limni maxsus maktabga joylashga rozi edim, – deya so'zida davom etadi Z.Mahmudova. – Bog'chadagi nevropatolog, psixonevrolog, ortoped, logoped, defektologning davo muolajalari sababli farzandimning sog'lig'ida ijobiy o'zgarish ro'y berdi. Jismoniy va aqliy rivojlanishi yaxshilandi. Buni maxsus komissiya ham tasdiqladi. Mutaxassislar umumta'lim maktabiga berishimni tavsiya qilishdi.


O'g'lim Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida keltirilgan barcha talablarga mos keladi. Kerakli hamma hujjatlarni taxt qilganman. Demak, bizni inkor qilishga 288-maktab direktorining hech qanday qonuniy asosi yo'q. Shunchaki, go'yoki joy yo'qligi vaji bilan «boshqa maktabga boring», deb qabul qilmayapti. Vaholanki, yuqoridagi hujjat bo'yicha, maktab direktori bizga qo'shimcha inklyuziv sinf ochib berishi kerak ekan. Hozir mendan tashqari yana uch nafar ota-ona bolasini shu maktabga joylash uchun harakat qilishmoqda.


O'zimiz shu tumanda istiqomat qilamiz. Maktab uyimizga yaqin. Qolaversa, qizim ham shu dargohda tahsil olyapti. Agar farzandimni shu yerga joylashtirsam, opasi, jiyanlarim uning xolidan xabardor bo'lib turadi. Maktabga birga borib-kelishadi.


Bolamni 288-maktab joylolmagach, qo'shni tumandagi 122-maktabga olib bordim. Afsuski, ular ham go'yoki bolalar soni ortib ketgani vaji bilan qabul qilishmadi.


Menga alam qilayotgani, davlat biz kabilarni qo'llab-quvvatlash uchun yetarlicha harakat qilib, shart-sharoit yaratib berishiga qaramay, mutasaddilar qonun va qarorlarni pisand qilishmasa? Shu masala bo'yicha yelib-yugurib yurgan ko'plab ota-onalarni bilaman. Ularning ham dardi ichida. Shu adolatdanmi?


Haqiqatan ham, bu gaplarda jon bor. Hukumat davlat maktablarida inklyuziv ta'lim va boshlang'ich tayanch korrektsion sinflar faoliyatini yo'lga qo'yish borasida keng ko'lamli ishlar olib borayotgan bir paytda ayrim rahbarlar buning teskarisini qilib tursa, buni qanday izohlashni bilmaysan, kishi.


Xo'sh, farzandining kelajagi uchun astoydil harakat qilayotgan ayolni u idoradan, bu tashkilotga sarson qilishdan, ayniqsa, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi masalaga «otangga bor – onangga bor» qabilida yondashishidan nima naf? Ayolning ta'kidlashicha, bu bo'yicha ularga juda ko'p murojaat qilgan. Qonuniy haq-huquqi uchun kurashayotgan bir onani mushkulini oson qilishdan, o'qishga talpinayotgan bir bolani sog'lom hayotga qaytarishdan saodatli ish bormi?


Aslida bir ayol timsolida mazkur yo'nalishdagi muammolarni qalamga oldik. Vaholanki, bugungi kunda shu muammoga duch kelayotgan fuqarolar ko'p ekan. Surishtiruv va o'rganishlarda bunga guvoh bo'ldik.


Demak, davlatning yana bir ezgu tashabbusi ayrim mas'uliyatsiz rahbarlarning aybi bilan poymol etilmoqda. Bunga shunchaki tomoshabin bo'lib, jim turib bo'lmaydi.


Mazkur masala yuzasidan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazidan munosabat, shu bilan bir qatorda, ijobiy yechim kutamiz.


G'ulomjon MIRAHMEDOV
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 804 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 901 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar