Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 820.475.69

  • EUR

    13 470.4727.77

  • RUB

    122.26-1.24

+7C

+7C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+7c

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 27-November

+7C

  • Hozir

    +7 C

  • 23:00

    +7 C

  • Chorshanba, 27

    +7 +20

  • Payshanba, 28

    +10 +20

  • Juma, 29

    +8 +20

  • Shanba, 30

    +6 +20

  • Yakshanba, 01

    +4 +20

  • Dushanba, 02

    +4 +20

  • Seshanba, 03

    +3 +20

  • Chorshanba, 04

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Unutilmas saboq

O'shanda 1974 yilning kuzi, aniqrog'i, endigina maktabni bitirib, tuman gazetasida ishlayotgan kezlarim edi. Bir safar ilg'or mexanizator haqida maqola yozish yuzasidan topshiriq oldim. Shunga ko'ra, yig'im-terim avjiga chiqqan dalaga bordim...
Kolumnistlar
383 10:33 | 28.06.2024 10:33

Mexanizatorni ish ustida uchratib suhbatlashdim. Hatto, traktorchilikdan biroz xabarim borligi bois, unga qo'shilib mashinada paxta terdim. Keyin shu asosda lavha yozdim. U gazetaning shanba sonida chop etildi.


Albatta, bu men – boshlovchi jurnalist uchun katta yutuq edi. Ammo quvonchim uzoqqa cho'zilmadi. Dushanba kuni ertalab xonada ishlab o'tirgandim, eshik shahd bilan ochildi-yu, ostonada qahramonim ko'rindi. U men bilan nomigagina so'rashdi-da, qo'qqisdan muddaoga o'tdi.


– Hov, uka! – dedi ko'zlarimga qattiq tikilarkan, zardali ohangda. – Men otim Itolmas ekanligini aytgandim, sen nega Yetolmas deb yozding? Xo'sh, nimaga yetolmay, nimadan quruq qolar ekanman?..


Kutilmagan savoldan avvaliga esankirab qoldim, so'ngra oldimda turgan gazetaga shosha-pisha ko'z yugurtirdim. Qarasam, ismi rostdanam Yetolmas yozilibdi. Uni kim, qachon o'zgartirganini bilolmay, tasodifan xonaga kirgan bo'lim mudiriga iltijoli boqdim.


– Ha, tinchlikmi? – Bo'lim mudiri mexanizatorga yuzlandi. Uning dardini eshitgach, masalaga oydinlik kiritdi. – Ayb bu ukamizda emas, – dedi menga ko'z qirini tashlab. – Aslida sizning ismingiz eskicha va nojoizroq ekan. Shuning uchun gazetaga qo'l qo'yishdan oldin muharrir bilan maslahatlashib, sal o'zgartirdik.


– Nega?! – Mexanizator battar jahl otiga mindi. – Axir, eskichami-yangichami, yoqimlimi-yoqimsizmi, bu rahmatli ota-onam qo'ygan ism-ku! Ular mendan oldingi besh farzandi turmagani uchun shunday qarorga kelishgan. Bu bolamiz yashab qolsin, uni Xudo o'z panohida va yomon ko'zlardan asrasin, loaqal it ham daxl etolmasin degan ma'noda shunday yo'l tutishgan. Sizlarga birovning otini buzib yozishga kim huquq bergan? – U bir zum to'xtab nafas rostlagach, piching aralash so'zida davom etdi. – Unda, ana, bir hamqishlog'imning ismi forschada Zarima, o'zbekchasi – “past, tuban, yomon”, ehtimol, uniyam o'zgartirib berarsizlar?!.


Xullas, Itolmas aka uzoq tortishdi. Oxiri bizni tavbamizga tayantirib, uzr so'rattirdi.


Bu voqea men uchun bir umrlik katta saboq bo'ldi. Shu-shu mudom odamlar ismini to'g'ri va to'liq yozishga, mazmuniga e'tibor berishga odatlandim. Keyinchalik respublika miqyosidagi nufuzli gazetalarda ishlagan chog'larim aynan shu mavzuda bir nechta chiqishlar qildim. Eng muhimi, ismlarga qiziqqanim sayin barchasi o'ziga xos teran ma'no-mazmunga va “tarjimai hol”ga egaligini chuqurroq anglay boshladim.


Abdunabi HAYDAROV,
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Turkistonlik legionerlar qismati
0 804 13:27 | 02.10.2023
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Kolumnistlar
Fevral' oyi nega buncha qisqa?
0 902 14:07 | 10.02.2024
Kolumnistlar